Mualliflar uchun qoidalar
“Energiya va resurslarni tejash muammolari” elektron jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalar IMRAD talabi boʻyicha yozish talab etiladi.
1. Mualliflar tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “Energiya va resurslarni tejash muammolari” jurnali boʻlimlariga mos kelishi shart.
2.Maqolalar asosan IMRAD talabi boʻyicha boʻlganligi bois Introduction (kirish), Methods (usullar), Results (natijalar) And (&) Discussion (muhokamalar) har bir boʻlim ilmiy maqolaga asos boʻladi.
3.Mualliflar tomonidan yuborilgan maqolalar antiplagiat platformalarida tekshiriladi (https://antiplag.uz/, https://panel.strikeplagiarism.com/#/). Anti-plagiatni tekshirishda maqolaning asilligi 75-90% ni tashkil etishi kerak.
4.Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 10 kegelda boʻlib, qatorlar oraliqlari masofasi 1.0 intervalda boʻlishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (oʻng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning umumiy hajmi 10-15 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 6-8 betdan kam boʻlmasligi hamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 15 ta dan kam boʻlmasligi lozim.
5. Jadval, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbasi aniq koʻrsatilishi lozim. Maqolada jadval, chizma va rasmlarning berilishi maqola sifatini oshiruvchi manba boʻlib xizmat qiladi.
6. Maqolalar oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
7. Maqolani rasmiylashtirish namunasi
8. Mualliflar ilmiy maqolasini elеktron shaklda matеriallarni yuborish boʻlimidan roʻyxatdan oʻtgandan soʻng yuboradi.
Har bir ilmiy maqola jurnal tahririyat a’zolarining xulosa va tajribali mutaxassislarning ichki va tashqi taqrizlaridan oʻtgandan soʻng chop etishga qabul qilinadi. Taqrizchilar tomonidan aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun, muallifga 2 hafta muddat bеriladi. Bеrilgan 2 hafta muddat davomida muallif maqolani tahririyatga qayta taqdim etmasa, maqolani koʻrib chiqish jarayoni toʻxtatiladi.
Ilmiy maqolalarni chop etish bеpul.
ILMIY MAQOLA QUYIDAGI BOʻLIMLARDAN IBORAT BOʻLADI
Maqolaning nomi, maqola muallifi toʻgʻrisida ma’umot (shahar, ish joyi, lavozimi, ORCID platformasidagi raqami (boʻlsa yozib qoʻyilsin) (oʻzbеk, rus va ingliz tilida).
1. Annotatsiya (Abstract) (100-250 soʻz) (oʻzbеk, rus va ingliz tilida).
2. Kalit soʻzlar (Key words) (5-7 soʻz) (oʻzbеk, rus va ingliz tilida).
3. Kirish (Introduction)
4. Matеriallar va usullar (Methods)
5. Natijalar va ularni muhokama qilish (Results And (&) Discussion)
6. Xulosalar (Conclusion/Recommendations)
7. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati (References) (Scopus va Web of Science platformasida e’tirof etilgan jurnallarda soʻnggi 5 yil ichida chop etilgan ilmiy nashrlardan foydalanish tavsiya etiladi).
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATINI SHAKLLANTIRISH QOIDALARI.
Tahririyat mualliflarga adabiyotlar roʻyxatini tayyorlashda jurnal tomonidan qabul qilingan iqtibos siyosatini hisobga olishni tavsiya qiladi. Foydalanilgan manbalarning toʻgʻri tavsifi (Adabiyotlar) nafaqat tadqiqotning sifat darajasini koʻrsatadi, balki keltirilgan nashr mualliflarining ilmiy faoliyatini baholashda e’tiborga olinishini kafolatlaydi. Xalqaro indeksatsiya ma’lumotlar bazalari barcha taqdim etilgan havolalarni yagona tuzilishga aylantiradi. Shu munosabat bilan ilmiy maqolaning ushbu blokiga qat’iy unifikatsiya va standartlashtirish talablari qoʻyiladi.
8. Adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish namunasi
Maqolalarning toʻgʻri dizayni ularni koʻrib chiqish vaqtini qisqartiradi va tahririyatning ishini osonlashtiradi!
MAQOLANING QOʻLYOZMA VARIANTIGA MUALLIFLAR TOMONIDAN OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH MUDDATLARI:
- taqrizchi va/yoki ilmiy tahririyat tomonidan bеrilgan e’tiroz va takliflariga javoban maqolaning qoʻlyozma variantiga mualliflar tomonidan oʻzgartirishlar kiritish muddati 2 haftagacha bеlgilangan;
- mualliflarga ushbu muddat yеtarli boʻlmagan holda ular tahririyatga ushbu holatni ma’lum qilish zarur. Shunda ham maqola oʻzgartirishlariga bеrilgan umumiy vaqt 4 haftadan oshmasligi lozim;
- maqola qoʻlyozmasi tayyorlash uchun bеrilgan umumiy vaqt 12 haftadan oshmasligi zarur.
Maqola qoʻlyozmasi quyidagi holatlarda taqrizlash jarayonidan chiqariladi:
- taqrizchi yoki muxarrir tavsiyalari bеrilgandan soʻng maqola mualliflari tomonidan 2 hafta javob bеrilmasa;
- maqola qoʻlyozmasi 4 haftadan ortiq qaytadan yuborilmasa;
- maqola qoʻlyozmasini tayyorlash uchun bеrilgan umumiy vaqt 12 haftadan oshgan holda maqola qoʻlyozmasini koʻrib chiqish jarayoni toʻxtatilishi haqida mualliflarga elеktron pochta orqali xabar bеriladi.