Magnitoelektrik tizimlar qurilmalarining dinamik xususiyatlarini baholash uchun chiziqli qаytа ishlаb chiqаruvchi tizimlarni oʻrgаnishdа vаqt usulidаn foydаlаnish masallari
Referat
Dolzarblik: magnitoelektrik oʼlchash tizimlaridan muvaffaqiyatli foydalanish uchun ularni dinamik ish rejimida aniqligini baholash qobiliyati juda muhim sanaladi. Bunday baholarni olish uchun anʼanaviy ravishda chastota oʼzgartirishiga asoslangan usullar va shunga mos ravishda oʼzaro taʼsir qiluvchi magnit maydon va zanjirlarni toklarini spektral tashkil etuvchilarini tarkibini taxlili qoʼllanildi. Shu bilan birga, chastotali usullar bir qator cheklovlarga ega, xususan, vaqtning davriy funktsiyalarini tahlil qilishda Furye qatorini xadlari cheklanganligi, shuningdek davriy boʼlmagan funktsiyalar uchun Furye integralidan foydalanishda boshqa cheklovlar. Bundan tashqari, mavjud majmuali spektral usul va tipik effektlar usulini qoʼllashda bazi cheklovlar mavjud.
Maqsad: taqdim etilgan maqolada magnitoelektrik tizimlarning dinamik xususiyatlarini baholash uchun vaqtga asoslangan tadqiqot usulidan foydalanish imkoniyati koʼrib chiqilgan.
Usullar: Magnitoelektrik tizimlarni loyihalash va ishlatish bilan bogʼliq dinamik aniqlik masalalarini hal qilish uchun chastota va vaqt tadqiqot usullarining qiyosiy tahlili oʼtkazildi.
Natijalar: maqolada elektromagnit dempfingli magnitoelektrik oʼlchash tizimining dinamik xususiyatlari tahlili keltirilgan, uni ushbu turdagi murakkabroq oʼlchash tizimlariga tadbiq qilish mumkin.