AKADEMIK VA YOSHLAR UCHRASHUVI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-55-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda o‘quvchilarning iste’dodini rivojlantirish, ularning ilm-fanni egallashga bo‘lgan intilishlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent davlat texnika universiteti professori, texnika fanlari doktori, akademik Allayev Qaxramon Raximovich 2-5 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Kegeyli, Chimboy, Bo‘zatov tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida pedagoglar jamoasi va o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarni bilimli va shu bilan birga haqiqiy vatanparvar qilib tarbiyalash borasidagi davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning nechog‘lik ahamiyatli ekani ustoz va murabbiylarga batafsil tushuntirildi. Jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchi yoshlarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, xorijiy tillarni va IT texnologiylarni o‘rganish zarurati alohida ta’kidlandi. O‘quvchilar bilan suhbatlashish davomida ularning kelajakdagi orzu-maqsadlari hamda Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida qanday ezgu ishlarni amalga oshirmoqchi ekanligi bilan tanishdi. O‘quvchilarga zaruriy maslahat va tavsiyalarini berdi. Ixtisoslashtirilgan maktablar bilan izchil ravishda hamkorlik aloqalari olib borilishiga kelishib olindi.