TAHRIRIYATGA YUBORILGAN MAQOLALARNI KOʻRIB CHIQISH VA NASHR ETISH TARTIBI

  1. Qoʻlyozma variantini jurnalga yuborish qoidalari quyidagi saytda koʻrsatilagan: https://energy.i-edu.uz.
  2. Barcha qoʻlyozmalar jurnal tahririyatida qayd etilganidan soʻng 3-4 hafta (ba’zan kamroq vaqt) davomida taqriz jarayonidan oʻtkaziladi.
  3. Ilmiy maqolalar taqrizchilari boʻlib, qoida boʻyicha, tahririyat doimiy a’zolari saylanadi. Ayrim holatlarda ilmiy maqolalarga yoʻnalishiga mos holda va shu yoʻnalishdagi ilmiy ishlari bilan tanilgan mutaxassislar tomonidan taqriz beriladi.
  4. Maqola taqrizdan oʻtkazilish uchun taqrizchini belgilash qarori bosh muharrir, ilmiy kotib tomonidan qabul qilinadi.
  5. Maqola qoʻlyozma varianti (mualliflar familiyalari va ish joyi belgilanmagan holda) tahririyat tomonidan mahsus xat bilan birgalikda taqrizchilarga yuboriladi.
  6. Taqriz ijobiy boʻlmaganda 10 (oʻn) kun muddatda muallifga asoslangan rad javobi yuboriladi. Ushbu holatda etika qoidalari boʻyicha taqrizchi familiyasi belgilanmaydi.
  7. Maqolaga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilishi talab qilinganda (oʻzgartirish kiritish muddati 1-2 oy, uzogʻi bilan 3 oy) mualliflarga ushbu holatga mos xat yuborilishi tahminlanadi. Ushbu muddat ichida mualliflar oʻzgartirilgan maqola variantini qayta taqrizdan oʻtkazilishi uchun belgilangan taqrizchiga qayta yuboriladi.
  8. Mualliflar tomonidan oʻzgartirish kiritishdan va maqola chop etishdan bosh tortish holati boʻlsa, ular tahririyat a’zolarini ushbu holat haqida ogohlantirishlari zarur. Mualliflar 3 oy muddati tugaganidan soʻng ham oʻzgartirilgan maqola variantini tahririyatga yubormagan boʻlsa ushbu maqola chop etish uchun rejalashtirilgan maqola qatoridan chiqariladi. Mualliflarga tahririyat tomonidan ushbu holat haqida (maqola roʻyxatga olishdan chiqarilgani) xat yuboriladi. Tahririyatga yuborilgan maqola qoʻlyozmalari qaytarilmaydi.
  9. Mualliflar taqrizchi xulosasini tan olmagan holatda, ular iltimosiga binoan, tahririyat maqola variantini boshqa taqrizchi yoki taqrizchilar guruhiga aniq ekspert xulosa olish uchun qaytadan yuborishi mumkin.  Ushbu holatlarda maqolaga olingan hamma ekspert xulosalari tahririyat a’zolari majlisida keng muxokama qilinadi va oxirgi tahririyat qarori mualliflarga majlis kunidan keyin 10 (oʻn) ish kuni muddatida yetkaziladi.
  10. Qayta taqrizlash jarayonidan oʻtmagan maqola (belgilangan oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa ham) mualliflar yana maqolani koʻrib chiqishi qoʻshimcha muddat berilishi mumkin (2 oygacha), ushbu muddat oʻtishi bilan maqola qayta taqrizga eskpertga yuboriladi. Uchinchi marotaba ekspert xulosasi ijobiy boʻlmasa maqola qayta koʻrib chiqilishiga qoʻyilmayi, mualliflarga esa 10 (oʻn) kun muddatida maqola chop etilmaslik haqida xat yuboriladi.
  11. Ijobiy taqriz olgan va tahririyat majlisida tasdiqlangan maqolalar navbatdagi jurnal sonlarida chop etiladi (taxminan 1-2 oy muddatida), chop etilganligi haqida tahririyat mualliflarni ogoh

Hurmat bilan, Bosh muharrir

Allayev Kaxraman Raximovich