Magnit tranzistorli kuchaytirgichga asoslangan qurilmalarning tahlili

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: zamonaviy sharoitlarda ekologik toza qurilmalarni yaratish vazifasi tobora dolzarblashmoqda.Ushbu talablardan kelib chiqqan holda aholi turmush tarzini yaxshilasu maqsadida yaratilayotgan sharoitlar va ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik parametrlar tizimining barqarorligini ta’minlovchi muhim omillardan hisoblangan elektroenergetik qurilmalarni takomillashtirish elektroenergetika sohasining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. “Magnit-tranzistorli kuchaytirgichga asoslangan qurilmalarning tahlili” mavzusining dolzarbligi zamonaviy elektronika, energetika va oʻzgartirish texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq bir qator omillar bilan asoslanadi. Magnit-tranzistor oʻzgartirgichlar turli qurilmalar va tizimlarning energiya samaradorligini oshirishda muhim rol oʻynaydi. Bu ayniqsa elektr energiyasiga boʻlgan talabning doimiy oʻsishi va energiyani oʻzgartirish jarayonida yoʻqotishlarni minimallashtirish zarurati sharoitida dolzarbdir. Shunung uchun ushbu taklif etilayotgan maqoladagi magnit tranzistorli kuchaytirgichga asoslangan oʻzgartgich samarador elektrotexnik qurilma sifatida magnit - tranzistorli impuls kengligi modulyatorlari bilan funktsional oʻzgartgichlarni loyihalashda asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.


Maqsad: elektrotexnik qurilmalarining rivojlanishi bilan ixcham va samarali oʻzgartirgichlarni yaratish tobora muhim boʻlib bormoqda. Magnit-tranzistor oʻzgartirgichlar yuqori quvvat zichligi va kichik oʻlchamlari tufayli joy cheklangan qurilmalarda, masalan, axborot tashuvchi asboblar va vositalat, turli sohalarda qoʻllaniladigan asbob-uskunalar va qurilmalarda keng koʻlamda qoʻllanilmoqda.


Usullari: magnit-tranzistorli oʻzgartirgichlar energiya iste’molini kamaytirishga va issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirishga yordam beradi. Magnit-tranzistor oʻzgartirgichlar yuqori ishonchlilik va uzoq xizmat muddatiga ega boʻlib, ularni elektr transport, telekommunikatsiya, uzluksiz quvvat tizimlari kabi sohalar uchun muhim komponentga aylantiradi.  Yarimoʻtkazgich texnologiyalari rivojlanishi va kremniy karbidi va galliy nitridi asosidagi yangi turdagi tranzistorlarning yaratilishi magnit-tranzistorli oʻzgartirgichlar samaradorligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.


Natijalar: magnit-tranzistor oʻzgartirgichlarining asosiy sxemasini tahlil qilish dolzarb hisoblanadi, chunki bu mavzu energiya samaradorligi, ishonchlilik, ekologik xavfsizlik va elektron qurilmalar samaradorligini oshirish kabi muhim masalalarni qamrab oladi.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Baxtiyar Abdullayev, Baxtiyar Abdullayev, Moxira U. Idrisxodjayeva, Xoljan E. Xolbutayeva, & Moldagali B. Peysenov. (2024). Magnit tranzistorli kuchaytirgichga asoslangan qurilmalarning tahlili . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 27–35. Retrieved from https://energy.i-edu.uz/index.php/journal/article/view/103
Ko'rishlar soni: 10