Mikrotarmoqlar va virtual elektr stansiyalar toʻgʻrisida
Referat
Dolzarbligi: Maqolada mikrotarmoqlar, virtual elektr stantsiyalari va ularning tarkibida qayta tiklanadigan energiya manbalarini foydalanish masalalari koʻrib chiqiladi. Asosiy e'tibor Oʻzbekistondagi virtual elektr stantsiyalarining mikro tarmoqlar tarkibida va turli xil ishlab chiqaruvchi, iste'mol qiluvchi qurilmalar va energiya yigʻish tizimlari mavjudligida imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.
Maqsad: elektr energetika sanoatini raqamlashtirish sharoitida virtual elektr stansiyalari bilan mikrotarmoqlardan foydalanish EPS samaradorligi va ishonchliligini oshirishini koʻrsatish.
Usullari: raqamlashtirish va taqsimlangan energiya tushunchalari, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba qoʻllaniladi.
Natijalar: respublikamizda energetika sohasini uzoq muddatli rivojlantirish uchun mikrotarmoqlar va turli modifikatsiyadagi virtual elektr stansiyalarini joriy etish zarur.