Chorvachilik ob’ektlari issiqlik ta’minoti va shamollatish tizimini ta’minlash uchun biogaz qurilmasining strukturaviy, texnologik va energiya parametrlari

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: bugungi kunda energiya sarfini optimallashtirish va ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tadqiqot natijalari biogaz qurilmalarining energiya samaradorligini oshirish, tabiiy yoqilg‘ilarni tejash, chiqindilarni qayta ishlash orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va avtonom energiya ta’minoti imkoniyatini ko‘rsatadi.


Maqsad: 6000 m³ hajmli va 300 bosh yirik shoxli chorva sig‘imi uchun mo‘ljallangan sigirxonaning issiqlik ta’minoti va shamollatish tizimini ta’minlash uchun mo‘ljallangan biogaz qurilmasining konstruktiv-texnologik parametrlari va metantenk o‘lchamlarini hisoblab chiqish.


Usullari: oylik biogaz ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish orqali, yillik va birlik ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari hamda qurilmaning energiya samaradorligi kabi asosiy parametrlar aniqlandi.


Natijalar: ushbu qurilmadan foydalanish yiliga 4,14 tonna shartli yoqilg‘ini tejash imkonini berishini ko‘rsatmoqda. O‘tkazilgan energetik tahlil qurilmaning o‘z ehtiyojlari uchun sarflaydigan energiyasi ishlab chiqarilgan umumiy biogazining 34% ni tashkil etishini va bu uning avtonom issiqlik mikroiqlimini ta’minlashdagi samaradorligini tasdiqlaydi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Nilufar R. Avezova, Abdurauf Y. Usmanov, & Murodbek A. Kuralov. (2024). Chorvachilik ob’ektlari issiqlik ta’minoti va shamollatish tizimini ta’minlash uchun biogaz qurilmasining strukturaviy, texnologik va energiya parametrlari. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 124–131. Retrieved from https://energy.i-edu.uz/index.php/journal/article/view/114
Ko'rishlar soni: 11