Buxoro shahar issiqlik ta’minoti tizimini raqamlashtirish xususiyatlarining tadqiqoti
Referat
Dolzarblik: Ushbu maqola issiqlik ta’minoti tizimlarida raqamlashtirishni joriy etish zarurati bilan bogʻliq. Mavjud issiqlik tarmoqlarida energiya resurslaridan samarasiz foydalanish, eskirgan issiqlik ta’minoti tizimlarida sezilarli energiya yoʻqotishlari bilan bogʻliq. Raqamlashtirish va alohida isitish punktlarini (rus tilida-ITP) oʻrnatish bilan zamonaviy, yopiq issiqlik ta’minoti tizimlariga oʻtish yoʻqotishlarni sezilarli darajada kamaytirishni ta’minlashi va natijada energiya resurslaridan yanada oqilona foydalanishga olib kelishi asoslab berilgan.
Maqsad: issiqlik ta’minoti tizimlarida energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish, issiqlik energiyasini sezilarli darajada tejashni ta’minlash, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash va boshqarish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, iste’molchilar uchun issiqlik energiyasini yanada oqilona hisobga olishni joriy etishdan iborat.
Usullar: raqamlilashtirishni joriy etgan holda mavjud va eskirgan isitish tizimlarini zamonaviylariga almashtirish va alohida isitish punktlarini (rus tilida-IТP) iste’molchiga imkon qadar yaqinroq oʻrnatgan holda yopiq issiqlik ta’minoti tizimlariga oʻtish.
Natijalar: energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish, issiqlik energiyasini sezilarli darajada tejash, issiqlik ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, issiqlik ta’minoti tizimlarida yoʻqotishlarni kamaytirish, uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, iste’molchilar uchun issiqlik energiyasi iste’molini yanada oqilona va aniq hisobga olishni ta’minlash.