Shamol elektr stansiyasiga ega bo‘lgan avtonom tizimda agregatlar tarkibini optimallashtirish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: hozirgi elektr energiya iste’molining keskin suratlarda oshib borishi, uglevodorod yoqilg‘i zahiralarining cheklanganligi hamda energetikaning ekologik muammolarini keskinligi sharoitlarida qayta tiklanuvchan energiya resurslarida ishlovchi elektr stansiyalarini loyihalash va ishlatishning yanada takomillashgan usullarini ishlab chiqish va joriy e tish muhim sanaladi.  Bunday turdagi energiya resurslaridan foydalanuvchi elektr stansiyalarini loyihalashning asosiy masalalaridan biri ulardagi jihozlarning optimal tarkibini tanlash hisoblanadi. Hozirgi davrda ushbu masalani yechish bo‘yicha bir qator ishlanma va dasturlarning mavjud bo‘lishiga qaramasdan ularni barcha cheklovchi va ta’sir etuvchi faktorlarni e’tiborga olish, optimizatsion hisoblashlarning ishonchliligi va aniqlgini oshirish hisobiga takomillashtirish dolzarb masalalaigicha qolmoqda.


Maqsad: qayta tiklanuvchan energiya resurslarida ishlovchi elektr stansiyalarini loyihalash va ishlatishning yanada takomillashgan usullarini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.


Usullar: tarkibida shamol elektr stansiyasi va akkumulyator batareyasi mavjud bo‘lgan avtonom tizimlar jihozlarining optimal tarkibini tanlashning samarali matematik modeli va uni chiziqli dasturlash masalasiga keltirib, simpleks usuldan foydalanish orqali yechishga asoslangan algoritm taklif etilgan.


Natijalar: matematik model va optimallash algoritmining samaradorligi berilgan sutkalik yuklama grafigi bo‘yicha ishlovchi iste’molchiga ega bo‘lgan avtonom tizimda shamol agregatlari va akkumulyator batareyasi parametrlarini optimal tanlash bilan izohlanadi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Sh. Gayibov, T., & U. Toshev, T. (2024). Shamol elektr stansiyasiga ega bo‘lgan avtonom tizimda agregatlar tarkibini optimallashtirish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 1(1-2), 23–32. Retrieved from https://energy.i-edu.uz/index.php/journal/article/view/49
Ko'rishlar soni: 27