Matlab/simulink yordamida uch fazali asinxron motorning dinamikk modeli
Referat
Dolzarblik: Ishning dolzarbligi shundan iboratki dinamik modellar o‘tkinchi va turg‘un ishlash sharoitida asinxron motorning holatini yaxshiroq tushunish uchun ishlatiladi. dq o‘q bo‘yicha o‘zgartirish nazariyasi motorning dinamikasini o‘rganish uchun rotor sanoq tizimida qo‘llaniladi. MATLAB/Simulink dasturining asosiy afzalligi shundaki, modellashtirilayotgan elektromexanik jarayonlar dasturning funksional bloklari yordamida oddiy va tezroq amalga oshirish mumkin. Uchta sinusoidal tokni boshqarish juda murakkab vazifadir, ammo uchta tokni nazorat qilishning hojati yo‘qdir. Ushbu vazifani stator toklari uchun Klark (E.Clark) va Park (R.H.Park) o‘zgartirishlari yordamida soddalashtirish mumkin. Birinchi bo‘lib Klark o‘zgartirish yordamida uch fazali tizimdan ikki fazali tizimga o‘tkaziladi va shundan so‘ng Park o‘zgartirish yordamida rotor koordinatalari tizimiga o‘tkazish amalga oshiriladi.
Maqsad: Matlab/Simulink dasturi yordamida uch fazali asinxron motorning dinamik holatini o’rganish va baholash uchun umumlashtirilgan modelni ishlab chiqish va tadqiq qilishdan iborat.
Usullar: Modelni ishlab chiqishda qo‘zg‘almas stator va qo‘zg‘aluvchan rotor o‘rtasidagi barcha differensial kuchlanishlar, toklar va magnit oqimlari hisobga olingan.
Natijalar: Yuqorida aytib o’tilgan kuchlanishlar, toklar va magnit oqimlari hisobga olingan holda Park Clark transformatsiyasi amalga oshirilgan hamda dinamik xarakterstikalari olingan va tadqiq qilingan. Dastur yordamida quvvati 0,75 kVt, quvvat koeffitsienti cosφ=0,76, foydali ish koeffitsienti η=73%, nominal toki I1=2,05 A bo‘lgan 4 qutbli asinxron dvigatelni dinamik modellashtirish amalga oshirilgan. Ishlab chiqilgan model o‘zgaruvchan stator qarshiligi, inersiya momenti va yuklama momentining ta’sirini o‘rganish uchun ishlatiladi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, asinxron motorning mexanik xarakteristikasi egri chizig‘i va rotor tezligi rotor qarshiligi va inersiya momentiga bog‘liq.