Respublikada bino va inshootlarni barqaror va ishonchli energiya tizimlari bilan ta’minlash
Referat
Dolzarbligi: dunyo aholisining o‘sishi, shuningdek, iqtisodiyotning rivojlanishi tufayli energiya iste’molining oshishi, sotib olingan energiya resurslari narxining ko‘tarilishi va qazib olinadigan energiya resurslari zahiralarining kamayishi energiya tejash usullarini takomillashtirishni talab qiladi. Shu munosabat bilan bino va inshootlarni qurishda energiya tejash dasturlarini amalga oshirish nuqtai nazaridan energiyani oqilona iste’mol qilishga, shuningdek qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga o‘tishga qaratilgan yangi muhandislik yondashuvlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Maqsad: ushbu maqola respublika iqtisodiyotining dolzarb va zarur vazifalaridan biri boʻlgan bino va inshootlarni energiya bilan taʼminlash tizimlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari va yashil texnologiyalarga asoslangan energiya tizimlarini ishonchli oʻrnatish, barqaror ishlashi va xavfsiz foydalanishni baholash masalalariga bagʻishlangan. Yashil texnologiya uchun me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda duch kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar ‘ko‘rib chiqiladi. Zaruriy me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar va aniq qadamlar taklif etiladi.
Usullar: qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi energiya qurilmalari va ular asosidagi tizimlarni qo'llash sohasidagi mavjud standartlarni tizimli tahlilini bajarish asosida ularni amaliyotga tatbiq etishga yangi yondashuvlar taklif etiladi.
Natijalar: qayta tiklanadigan energetika sohasidagi mavjud SHNK va standartlarning qayta ishlash, qo'shimchalar va o'zgartirishlar kiritish uchun zarur ro'yxati aniqlandi, shuningdek, bu sohadagi ishlab chiqish uchun zaruriy metodikalar tavsiya etildi.