Davriy strukturali ventilli oʻzgartirgichlarining matematik modellarini ishlab chiqish uchun takomillashtirilgan operator usuli

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: jahonda turli xil sanoat sohalarida keng qo’llaniladigan tok o’zgartirgichlari asosidagi kuchli yarim o’tkazgichli o’zgartirgichlarni ishlab chiqish, ulardan yuqori aniqlik va ishonchlilik bilan oqilona foydalanish hamda xizmat ko’rsatish davrini uzaytirish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda. Xozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda «…ishlab chiqariladigan elektroenergiyaning 60% ko’p bo’lgan qismi  yarim o’tkazgichli o’zgartirgichlar orqali o’tadi. Quvvatli elektronika tizimlaridan jahon darajasida  foydalanilganida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 12-15% tejash mumkin» . Shu munosabat bilan, iste’mol qilinadigan energiya sifati va energiya manbalarining ishonchliligiga talablari yuqori bo’lgan energetik obyektlari uchun zarur bo’lgan elektr ta’minoti rejimini ta’minlash uchun mo’ljallangan tok o’zgartirgichlari asosidagi ventilli o’zgartirgichlarining energiya samaradorligini oshirish bilan bog'liq masalalar dolzarbdir.


Maqsad: davriy strukturali ventilli o’zgartirgichlarini o’tkinchi va turg’un ish rejimlarini tadqiq qilish samarali uslubiyotini yaratish.


Usullar: masalani hal qilishda Laplas konvertatsiyasiga asoslangan o'zgartirilgan operator usuli, shuningdek, oniy qiymatlar usuli qo'llanildi.


Natijalar: ishlab chiqilgan uslubiyot uni kuchli elektr zanjiri tuzilishi (topologiyasi) davriy strukturali barcha turdagi avtonom invertorlar va ventilli o’zgartirgichlarini energiya konvertorlari uchun qo'llash imkoniyatini beradi. Ishlab chiqilgan metodologiyaning muhim afzalligi shundaki, uning asosida olingan matematik modellar va algoritmlar kirish tokening uzlkli va uzluksiz  rejimlarda aktiv-induktivli va dvigatelli yuklamaga ishlaydigan ventilli o’zgartirgichlarinining o’tkinchi va turg’un ish rejimlarini hisoblash imkonini beradi. Inverterlarning kirish tokining shakli, yuklanish turini va ularning boshqarish usulini hisobga olgan holda, ventilli o’zgartirgichlarini quvvat sxemasi elementlarining parametrlarini, shuningdek, inverterning kommutatsiya barqarorligini saqlab, chiqish kuchlanishini barqarorlashtirish imkoniyatini ta'minlaydigan nazorat diapazonini aniqlashga imkon berishi  bilan izohlanadi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Umarov, S. (2024). Davriy strukturali ventilli oʻzgartirgichlarining matematik modellarini ishlab chiqish uchun takomillashtirilgan operator usuli. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 51–60. Retrieved from https://energy.i-edu.uz/index.php/journal/article/view/69
Ko'rishlar soni: 3