Qutblar nisbati kichik bo‘lgan qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘amlarni ishlab chiqish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: texnik jihatdan rivojlangan mamlakatlar sanoati yiliga millionlab miqdorda nasoslar, ventilyatorlar va kompressorlar ishlab chiqaradi. Respublikamizda yiliga 2000 ga yaqin nasos stansiyalari vegetatsiya davrida ishlatiladi. Bundan tashqari, Respublikamizning yirik issiqlik stansiyalari, sanoat korxonalari, qishloq xoʻjaligi obʼyektlari koʻplab nasoslar, ventilyatorlar va kompressor agregatlari bilan jihozlangan boʻlib, ularning isteʼmoli mamlakat energetika tizimlarida ishlab chiqariladigan barcha elektr energiyasining 25 foizidan oshadi. Ushbu ob'ektlarning yuqori energiya iste'moli energiya tejash muammosiga muhim milliy iqtisodiy ahamiyatga ega. Ma'lumki, turbo mexanizmlarda energiya tejashga yuritmali motorning tezligini o'zgartirish orqali erishiladi. Shu bilan birga, foidali ish koeffitsiyentlari tezlikda rostlanmaydigan elektr yuritmaga nisbatan o'rtacha 20% ga oshadi, bundan tashqari, kichik tarmoqqa tezliklarida kurilmaning tushishini osonlashtirish.


Maqsad: elektr magnit xususiyatlari yaxshilangan va sodda ishlab chiqarish texnologiyasiga ega bo‘lgan, stator pazlar soni 108 ga teng juft qutlar nisbati 5/6 bo‘lgan qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am sxemalari ishlab chiqishdan iborat.


Usullar: qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am sxemalarini ishlab chiqishning toklar taqsimlanishini o‘z ichiga oluvchi diskret berilgan fazoviy funksiyalar usuli qo‘llanilgan.


Natijalar: ikkita alohida chulg‘amli ikki tezlikli motorlarni, bitta qutblari o‘zgaruvchan chulg‘amli ikki tezlikli motorlarga almashtirib iqtisodiy xarajatlarni - elektrotexnik po‘latni 30÷40 % gacha, chulg‘am misini 40÷50 % gacha va shunga mos holda chulg‘amni ishlab chiqarishdagi sermashshaqatlikni kamaytirish mumkin. Shuningdek, motorning f.i.k va sosφ qiymati o‘rtacha 10÷15% ga oshadi. Bir tezlikli motorlarni ikki tezlikli motorlarga almashtirganda ikkita belgilangan tezlikni olish imkoniyatini beradi, bu esa qurilma yuklanmagan  ish rejimlarida (yuklamaning mavsumiy yoki texnologik o‘zgarishi) qo‘rilmaning f.i.k (ventilyator, nasos, kompressor va shunga o‘xshash) o‘rtacha 20% ga oshishiga va elektr energiyani  50 % gacha tejalishiga olib keladi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Rismuxamedov, D., & Shamsutdinov, H. (2024). Qutblar nisbati kichik bo‘lgan qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘amlarni ishlab chiqish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 67–75. Retrieved from https://energy.i-edu.uz/index.php/journal/article/view/72
Ko'rishlar soni: 18