Ikkilamchi elektr energiya manbasini tadqiq qilish va ishlab chiqish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: elektrotexnikaning dolzarb vazifalaridan biri elektr energiyasining nostandart iste'molchilari uchun yuqori samarali ikkilamchi energiya manbalarini tadqiq qilish va ishlab chiqishdir. Ushbu muammoni hal qilish uchun maqolada magnit-yarim o'tkazgichli o’zgartgichlar bilan birlashgan ferrorezonans elektr zanjirlar tuzulishi asosidagi, quvvati rostlanuvchah ikkilamchi elekrt manbasini ishlab chiqish tadqiq qilingan. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ikkilamchi quvvat manbasi yuqori elektr texnik ko’rsatkichlari bilan farq qiladi.


Maqsad: nostandart elektr energiya iste'molchilari uchun, yuqori elektr texnik ko’rsatkichlari va energiya samaradorligi bilan ajralib turadigan, quvvati rostlanuvchi ikkilamchi elekrt energiya manbasini ishlab chiqishdan iborat.


Usullar: ikkilamchi quvvat manbasi chiqishidagi to'g'rilangan kuchlanish va tokning o'rtacha qiymatini funktsional o’zgartgich orqali barqarorlash oraligini kengaytirish uchun chastota-impuls modulyatsiyasi, o'zaklar va transistor kalitlarning manbaning sifat ko'rsatkichlariga ta'sirini o'rganish uchun, o'zaklar dinamik gisterezis sirtmog'ning magnitsizlanish egri chizigini approksimatsiyalash va manbaning statik xarakteristikalarni qurishning grafik-analitik usullari qollanilgan.


Natijalar: o'zaklarlar magnitsizlanish egri chizigini approksimatsiyalash usulidan kelib chiqqan yangi analitik tenglamalar o'zaklardagi elektromagnit induksiyani, ikkilamchi quvvat manbasi chiqishidagi to'g'rilangan tokning va quvvatning barqaror oraligining o'rtacha qiymatini etarli darajada aniq hisoblaydi. Manba statik xarakteristikalarni qurishning grafik-analitik usuli ishlab chiqildi va quvvat, barqarorlik va samaradorlik koeffitsienlarti yuqori bo'lgan ikkilamchi elektr energiya manbasi yaratilishi bilan izohlandi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Begmatov, S. (2024). Ikkilamchi elektr energiya manbasini tadqiq qilish va ishlab chiqish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 84–93. Retrieved from https://energy.i-edu.uz/index.php/journal/article/view/74
Ko'rishlar soni: 9