Asinxron motor reaktiv quvvatining filtr-kompensatsiya qurilmasini uch fazali elektromagnit tok oʻzgartkichlari

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: hozirda elektr qurilmalarini nazorat qilish va boshqarishda yarim oʻtkazgichli elementlardan keng foydalanilmoqda, bu esa elektr energiyaning sifat koʻrsatkichiga ta’sir koʻrsatuvchi nosimmetrik va nosinusoidal toklarning miqdorini oshishiga olib keladi. Nosimmetrik va nosinusoidal toklar elektr qurilmalarini reaktiv quvvatining oshishiga, haddan tashqari qizishiga, ish samaradorligini kamayishiga va tarmoqdagi boshqa qurilmalarning ish faoliyatiga ham salbiy ta’sir koʻrsatadi. Nosimmetrik va nosinusoidal toklarning miqdorini standartlarda belgilangan qiymatlardan oshmasligini ta’minlash muhim hisoblanadi.


Maqsad: asinxron motorlarda nosimmetrik va yuqori garmonika toklarini miqdorini filtr-kompensatsiya qurilmalari orqali kompensatsiyalash va filtrlashda uch fazali elektromagnit tok oʻzgartkichidan olingan elektr signallar asosida nazorat qilish va boshqarish aniqligini, tezkorligini va ishonchliligini oshirish hisobiga elektr energiyasining sifat koʻrsatkichlariga boʻlgan salbiy ta’sirlarni kamaytirishdan iborat.


Usullar: uch fazali elektromagnit tok oʻzgartkichi modelini ishlab chiqishda Proteus dasturidan foydalaniladi va CASSYLAB qurilmasi orqali amaliy tadqiqot olib boriladi.


Natijalar: asinxron motor reaktiv quvvatining filtr-kompensatsiya qurilmasini uch fazali elektromagnit tok oʻzgartkich yordamida nazorat qilish va boshqarish blogi, boshqaruv blokining qaror qabul qilish algoritmi ishlab chiqilgan. Proteus dasturida uch fazali elektromagnitli tok oʻzgartkich chiqish signali asosida asinxron motorning stator toki va quvvat koeffitsietini aniqlash modeli yaratilgan va CASSYLAB qurilmasi orqali manba kuchlanishi, asinxron motor uch fazali elektromagnit tok oʻzgartkichning chiqish kuchlanishi va ular orasidagi faza siljish burchagi grafiklari olinib tahlil qilingan.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Maxsudov, M., & Karimjonov, D. (2024). Asinxron motor reaktiv quvvatining filtr-kompensatsiya qurilmasini uch fazali elektromagnit tok oʻzgartkichlari. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 103–112. Retrieved from https://energy.i-edu.uz/index.php/journal/article/view/76
Ko'rishlar soni: 5