Kuch transformatori shikastlanishlarini komplekt tekshirish: nosozlik turlari va keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: kuch transformatorlaridagi shikastlanishlari sonini kamaytirish orqali ularning xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirish va shu bilan birga elektr energetikasi tizimi ishonchliliginni ortirish mumkin. Kuch transformatorini ta’mirlash uchun sarflangan vaqt va ishchi kuchi  elektr ta’minoti korxonasi va ishlab chiqarish korxonasi uchun katta iqtisodiy zararlariga ishlaydi. Buning kamaytirish uchun kuch transformatorlaridagi shikastlanishlarni tahlil qilish va kamaytirish orqali uning ishdan chiqishlar soni kamaytirish va elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish ishning dolazarbligini ifodalaydi.


Maqsad: kuch transformatordagi shikastlanishlarni tadqiq qilish, shikastlanish turlar va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni tahliliy ko‘rib chiqish, kuch transformatorini ishdan chiqishiga eng ko‘p sababchi bo‘layotgan omillar aniqlash, elementlardagi shikastlanishlarni aniqlashda qo‘llaniladigan diagnostikalash usullari aniqlashdan iborat.


Usullar: kuch transformatorlarining shikastlanishini har tomonlama tekshirish, nosozlik turlari va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilishda IEEE Xplore, Research Gate, Springer Link, Pro Quest, Elsevier, Google Scholar kabi maʼlumotlar bazalarida soʻnggi yillarda chop etilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan foydalanildi. Tizimli tahlil usuli kuch transformatorini va uning elementlaridagi shikastlanishlarni tahlil qilishda ishlatilgan. Kuch transformatori shikastlanishining statistikasi qismida statistik tahlil usuli qo‘llanilgan.


Natijalar:  tarmoqdagi qisqa tutashuvlar, moyning ifloslanishi, elektr ta'minotidagi cheklovlar kuch transformatorining ishdan chiqishiga salbiy ta’sir qilishi aniqlandi. Qisqa tutashuv va izolyatsiyaning eskirishi kuch transformatorining barcha elementlarini shikastlantiruvchi omil degan xulosaga kelindi. Barcha elementlarda mexanik shikastlanish kuzatildi. Chulg’amdagi mexanik shikastlanishlarni aniqlashda yuqori aniqlikka ega usul chastota ta’siri tahlili (FRA) usuli ekanligi aniqlandi. Chulg’amning shikastlanishi kuch transformatorini eng ko’p ishdan chiqaruvchi omil bo’lib va yuqori kuchlanishlarga qaraganda quyi kuchlanishlarda tez-tez uchraydi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Abdullayev, A. (2024). Kuch transformatori shikastlanishlarini komplekt tekshirish: nosozlik turlari va keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 129–138. Retrieved from https://energy.i-edu.uz/index.php/journal/article/view/80
Ko'rishlar soni: 17