Havoni mo‘tadillash tizimlarida ikki rejimli bug‘lanma sovitgichlar ishlashini tadqiq qilish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: O‘zbekistonning aksariyat hududlarini issiq va quruq iqlim qamrab olgan, qisman vodiy tomonlar issiq va nam iqlim hisoblanadi. Bevosita bug‘lanma sovitgich issiq-quruq va bilvosita regenerativ bug‘lanma sovitgichlar issiq-nam iqlim uchun mos keladi. Murakkab iqlim sharoitida (harorat va namlikdagi sezilarli mavsumiy o‘zgarishlar) bir xil maqsadda ikki xil sovitgichdan foydalanmaslik uchun yangi ikkitasi birda bug‘lanma sovitgichi taklif qilingan va ushbu tadqiqotda tajriba-sinovlar raqamli o‘rganilgan. Taklif etilayotgan sovitgich har ikki turdagi bug‘lanma sovitgich afzalliklaridan foydalaniladi va ikki xil rejimda ishlaydi: issiq-quruq iqlim uchun bevosita bug‘lanma sovitgich va issiq-nam iqlim uchun regenerativ bilvosita bug‘lanma sovitgich vazifasini bajaradi. Ikkala rejimni (bevosita va bilvosita) ishlashi diagrammalar yordamida tushuntirilgan. Kanallar balandligi va suv sarfini sovitish quvvatiga, hamda nam termometr bo‘yicha samaradorligi va shudring nuqtasi samaradorligiga ta’siri muhokama qilindi.


Maqsad: ushbu tadqiqot ishi mos ravishda issiq-quruq va issiq-nam havo sharoitlari uchun bevovita va bilvosita rejimlarda ishlaydigan “ikkitasi birda” qurilma bo‘lgan yangi ikki rejimli issiqlik va massa almashinuv qurilmani joriy qilishdan iborat.


Usullar: kanallardagi massa va energiya saqlanishi natijasida olingan differensial   diskretlash chekli farq usulidan foydalanildi.


Natijalar: taklif etilayotgan sovitgichni oylar kesimi bo‘yicha ishlashi O‘zbekistonning beshta shaharlari (issiq-quruq iqlimli Qarshi va Termez, issiq-nam iqlimli Andijon, Namangan va Farg‘ona) uchun baholandi. Issiq oylarda (apreldan oktabrgacha) va shaharlarda rejimlarni muvofiqligi psixometrik jadval yordamida baholanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, taklif etilayotgan sovitgichdan aralash iqlimli hududlar uchun foydalanish samarali va tejamkor bo‘lishi mumkin.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Yarashov, S., Nizomjon , N., Hazratov, A., & Usmonov, J. (2024). Havoni mo‘tadillash tizimlarida ikki rejimli bug‘lanma sovitgichlar ishlashini tadqiq qilish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 147–154. Retrieved from https://energy.i-edu.uz/index.php/journal/article/view/83
Ko'rishlar soni: 33