Intellektual boshqaruv tizimlari va raqamli platformalardan foydalanish orqali yuklamalarni optimal boshqarish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: energiya iste’molchilarining miqdori va energiya iste’moli yildan-yilga oshib, yuklamalarni boshqarish, energiya iste’molchilarining texnik holatini nazorat qilish tobora murakkablashib bormoqda. An’anaviy yuklamalarni boshqarish usullari energetika tizimida yuklamalarning noto‘g‘ri taqsimoti, o‘ta yuklanish va shu kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari yuklamalarni optimal boshqarish bilan bog‘liq muammolarda tashkiliy texnik tadbirlarni tezkorlikda ishlab chiqish, qabul qilish va ijro etish bilan muammolari dolzarbliligini saqlab kelmoqda. Ushbu o‘rinda intellektual boshqaruv tizimlari va raqamli platformalardan foydalanish samarali yechim hisoblanib, ushbu maqolada sanoat korxonalarida energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash, yuklamalardan optimal boshqarish maqsadida raqamli platformalar orqali tashkiliy-texnik tadbirlarni joriy etish, boshqarish masalalari ko‘rib chiqilgan.


Maqsad: ushbu maqolada sanoat korxonalarida intellektual boshqaruv tizimlari va raqamli platformalardan foydalanish orqali yuklamalarni optimal boshqarish usullari va algoritmlarini ishlab chiqish asosiy maqsad qilib olingan. Bu energiya iste’molini rejalashtirish, monitoring qilish va baholashni avtomatlashtirish orqali energiya samaradorligini oshirish imkonini beradi.


Usullari: tashkiliy-texnik tadbirlarni rejalashtirish va monitoring qilish, raqamli platforma orqali energiya balansini shakllantirish, samaradorlikni baholash, energiya iste’molini nazorat qilishni avtomatlashtirish, boshqaruvda raqamli platformadan foydalanish va yechimlarni tanlash uchun moslik darajasini baholash kiradi.


Natijalar: yuklamalarni optimal boshqarish, energiya samaradorligi oshishi, xarajatlarning qisqarishi, resurslarning tejalishi, jarayonlarning avtomatlashtirilishi va boshqaruv samaradorligining oshishi asosida korxonada energiya iste’molini optimal boshqarish va texnik tadbirlarni samarali bajarishga imkon yaratdi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Raxmonov , I., Qurbonov, N., Zhang, L., Nimatullayev, I., & Niyozov, N. (2024). Intellektual boshqaruv tizimlari va raqamli platformalardan foydalanish orqali yuklamalarni optimal boshqarish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 164–171. Retrieved from https://energy.i-edu.uz/index.php/journal/article/view/86
Ko'rishlar soni: 5

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari