Past kuchlanishli elektr iste’molchilarini kuchlanish va tokning sinusoidalligiga ta’siri tо‘g‘risida
Referat
Dolzarblik: ushbu maqolada 0,38 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida kuchlanish va tok sinusoidalligining buzilishiga sabab bо‘ladigan salbiy oqibatlar, shu jumladan elektr tarmoqlari elementlarida qо‘shimcha elektr energiya isroflarining paydo bо‘lishi taxlil qilinadi. 0,38 kV li zamonaviy qishloq xududlarida aholi va maishiy xizmat kо‘rsatish sohasida elektr energiyasining jon boshiga iste’moli о‘rganib chiqilib, qishloq xо‘jaligi tumanlaridagi uy-joy kommunal xо‘jaligi korxonalarining elektr istemolchilarining kuchlanish va tokning sinusoidalligiga va va о‘z navbatida nosinusoidallikni elektr tarmoqlari elementlarining ishlash sifatiga ta’siri kо‘rib chiqiladi.
Maqsad: past kuchlanishli elektr tarmoqlarida kuchlanish va tokning nosinusoidalligini keltirib chiqaruvchi maishiy elektr iste’molchilarining elektr energiyasining sifat kо‘rsatkichlariga va qо‘shimcha quvvat isrofiga ta’sir darajasini baholash, 0,38 kVli elektr tarmoqlarida nosinusoidallik darajasini kamaytirish uchun texnik vositalarni asoslash hisoblanadi.
Usullar: past kuchlanishli elektr iste’molchilarini elektr tarmoqdagi kuchlanish va tokning sinusoidalligiga ta’sirini tizimli taxlil qilish, shuningdek uy-joy kommunal xо‘jaligi elektr istemolchilarining kuchlanish va tokning sinusoidalligiga ta’siri va nosinusoidallikni elektr tarmoqlari elementlarining ishlash sifatiga ta’sirini baxolashning tajribasini о‘rganish va solishtirish.
Natijalar: tadqiqot natijalari elektr tarmoqlarining nosinusoidal ish rejimlarida quvvat va elektr energiyasining qо‘shimcha isroflarini aniqlashdan iborat, shuningdek, elektr energiyasi sifatini yaxshilash va energiyani tejashga qaratilgan tadbirlarni texnik-iqtisodiy asoslash va baholashda foydalaniladi.