JURNALNING MAQSAD VA VAZIFALARI:

Jurnalning maqsadi – jahonda va yurtimizda energetika sohasida olib borilayotgan yangilik va islohotlarni ilmiy ommaga muntazam yetkazish, universitet professor o‘qituvchilari, energetika sohasi bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar, yosh olimlar, magistrantlar hamda injener-texnik xodimlar, shuningdek soha bo‘yicha ishlab chiqarishda band mutaxassislarning ilmiy maqolalari, xabarlari va boshqa ilmiy-tadqiqotlar natijalari bo‘yicha materiallarini nashr ettirishdan iborat.

 JURNALNING ASOSIY VAZIFALARI:

e’lon qilinayotgan maqolalarning yuksak professional darajada, ob’ektiv va haqqoniy bo‘lishini ta’minlaydi;

elektr, issiqlik va atom energetikasi, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorlik va energiyani tejash, elektrotexnika, neft va gaz, yoqilg‘i resurslari, energetikaning ekologik muammolari bo‘yicha materiallar chop etish.

Qamrov

Tadqiqotning asosiy yoʻnalishlariga quyidagilar kiradi.

  • elektr energetikasi;
  • issiqlik va atom energetikasi;
  • energiya samaradorligi va energiyani tejash;
  • muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
  • energetik o‘tish masalalari;
  • neft va gaz; yoqilgʻi resurslari;
  • ekologiya va suv energetikasi muammolari;
  • intelektual elektr energetikasi;
  • texnika yoʻnalishida kadrlarni tayyorlash metodikasi va muammolari;
  • energetikaning zamonaviy muammolariga bagʻishlangan ilmiy xabarlar.