Interfaol metodlarni qo‘llash orqali energetika fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda innnavatsion yondashuvga asoslangan tashkiliy-pedagogik mexanizmlarni takomillashtirish orqali mamlakatimiz intellektual resurslari potensiali ulushini oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu oʻrinda jahon ta’lim tizimida oʻqitishning zamonaviy pedogogik texnologiyalardan foydalanib, innovatsion uslublarni keng joriy etish orqali mutaxassislarning zamonaviy bilimlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim jarayoniga masofaviy ta’lim shakllarini keng tatbiq etish, elektron axborot-ta’lim muhitida (e-learning) oliy ta’limning uzluksizligi va amaliy yoʻnalganligi, ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini va soha boʻyicha malaka koʻnikmalarini rivojlantirish, kasbiy kompetensiyalar tizimini shakllantirishda innavatsion yangi metod va texnologiyalarni qoʻllash dolzarb masalalalrdan biri hisoblanadi.


Maqsad: energetika sohasida yuqori malakali bakalavrlarni tayyorlash va ularning kelajakda mutaxassis sifatida raqobatbardoshligini oshirishda interfaol metodikalrni qoʻllashning nazariy yondashuvlari, uslubiy ta’minoti va tamoyillarini rivojlantirish.


Usullar: tadqiqot vazifalarini hal qilishda bilishning dialektik nazariyasi; sub’ekt va ob’ekt, jarayon va natija,  maxsus va umumiy oʻzaro bogʻliqlikning umumiy dialektik tamoyillari; uzluksizlik va uzluksizlik birligi (an’analar va innovatsiyalar); yaxlitlikni (konkret) xilma-xillik birligi sifatida talqin qilish; pedagogik, psixologik, metodik fanlariga oid adabiyotlarni oʻrganish; nazariy tahlil; pedagogik kuzatish; anketa; modellashtirish, tashxislash; pedagogik tajriba-sinov matematik-statistik tahlil metodlaridan foydalanilgan.


Natijalar: ta’limda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning oʻquv-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan va oʻqitish jarayonida innovatsion talim taktikasi Spiral(regressus,progressus) hamda “Apospasmatika” va “FeedBak” interfaol metodlar qoʻllanilgan

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Temur X. Nosirov, Asam N. Mamatqulov, & Xoliyor Sayyid. S. Safarov. (2024). Interfaol metodlarni qo‘llash orqali energetika fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 56–65. Retrieved from https://energy.i-edu.uz/index.php/journal/article/view/106
Ko'rishlar soni: 16