“Elektrotexnika va elektronika” fani bo‘yicha talabalar bilimini baholashda “Assesment” usulini qo‘llashning ahamiyati
Referat
Dolzarbligi: Oliy ta’lim tiziminida o’quv jarayonini ilg‘or pedagogik va inovatsion texnologiyalar bilan ta’minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Texnik oliy oquv yurtlarida o’qitiladigan “Elektrotexnika va elektronika” fanidagi bilimlar nafaqat nazariy, balki amaliy ko’nikmalarni ham talab qiladi. Maqolada taklif etilayotgan usul noelektrotexnik yo’nalish talabalarida amaliy ko’nikmalarini e’tiborga olgan holda, nazariy bilimlarini va amaliy aniq muammolarni hal qilishda qo’llagan holda egallagan bilmlarini baholashga imkon beradi.
Maqsad: “Elektrotexnika va elektronika” fanini baholashda “Assesment” usulining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash va o’rganish maqsad qilinadi. Bu usulning “Elektrotexnika va elektronika” fanlaridagi samaradorligi va o’ziga xosliklarini o’rganish ta’lim jarayonini yanada sifatli va samarali rivojlantirishga yordam beradi.
Usullari: Ta’lim texnologiyalardan biri “Assesment” texnologiyasi bo‘lib,talabalarni bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashda samarali intensiv-interfaol usullardan biri hisoblanadi. “Assesment” ta’lim texnologiyasini “Uch fazali elektr zajirlari” ma’vzusi misolida qo‘llanish usuli keltirilgan.
Natijalar: Assesment texnikasi bo‘yicha talabalar bilimini baholashning boshqa usullardan farqi shundaki, uni istalgan mashg‘ulot turiga qo‘llash mumkin va fanni (yoki uning bo‘limini) barcha mashg‘ulot (ma’ruza, laboratoriya, amaliy va mustaqil) turlariga ko‘ra obyektiv baholash imkoniyati mavjud. Bu imkoniyatdan to‘liq foydalanish esa o‘qituvchidan o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashni, kreativlikni taqozo etadi.