Texnologik jarayonlar va yuklamalarni boshqarish uchun intellektual tizimlardan foydalanish
Referat
Dolzarbligi: sanoat korxonalarida energiya iste’molini avtomatlashtirish va raqamlashtirish nafaqat energiya samaradorligini oshirish, balki resurslarni tejash, texnologik jarayonni monitoring qilishga xizmat qiladi. Xususan, bugungi kunda texnologiyalar va yuklamalarni boshqarishda intelektual tizimlardan foydalanish energiya sarfini monitoring qilish, iste’molni tahlil qilish hamda uning turli bosqichlarida avtomatik ravishda boshqarish imkonini yaratib, ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali, ishonchli va optimal amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali energiya resurslaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni to‘g‘ri taqsimlash va barqaror rivojlanish imkonini beradi.
Maqsad: ushbu tadqiqotning maqsadi texnologik jarayonlar va yuklamalarni boshqarishda intellektual va avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqish va ulardan qo‘llashdan olinadigan samaralar muhokama qilingan. Shu bilan birgalikda misni boyitish fabrikasi misolida, yuklamalarni boshqarish masalasi tahlil qilinadi va real vaqt rejimida energiya iste’molini kuzatish hamda boshqarish uchun aqlli texnologiyalar integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Usullari: ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, energiyani monitoring qilish usullari, statistik va matematik tahlil, modellashtirish va simulyatsiya, eksperimental tadqiqotlar, tahliliy sharh va tavsiyalar ishlab chiqish.
Natijalar: Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) misni boyitish fabrikasida energiya iste'molining umumiy tuzilmasi o'rganilib, ishlab chiqarish texnologik jarayonida eng ko‘p elektr energiyasi sarflanadigan texnologik bo‘limlar aniqlangan. Tahlil natijalariga ko‘ra, mis va molibden boyitish jarayonining siljish bo‘limida energiya iste’moli eng yuqori bo‘lib, umumiy iste'molning 87,48% ini tashkil etdi. Energiya samaradorligini oshirish maqsadida, mavjud raqamli monitoring va nazorat tizimlarini optimallashtirish, texnologik jarayonlar va yuklamalarni boshqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.